29 sen 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Stanionis Ennisdan qabul qilgan mag'lubiyatini "yopdi"
Litva poytaxti Kaunas shahridagi "Zalgiris Arena"da professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vazn (66,7 kg gacha) toifasida o'tkazilib, unda Litva prof boks yulduzi, ushbu vaznda sobiq jahon chempioni Eymantas Stanionis (16-1, 9 KO) Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Jabulani Makense (16-2, 8 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n raund to'liq davom etgan reyting jangida tajribali Stanionis hakamlarning yakdil qarori bilan (99-91, 100-90, 99-91) afrikalik raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Fikrlar