17 noy 09:27
Yangiliklar
Statistika elon qilindi: Botir Ahmedov hakamlar qurboniga aylandi. Oskar De La Xoyya ham shu fikrda + FOTO
Biz uchun ahamiyatlisi, uning doirasida "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi mijozi bo'lgan charm qo'lqop ustamiz Botir Ahmedov ham o'z jangini o'tkazdi. Hamyurtimiz meksikalik Oskar Duartega qarshi ringga ko'tarildi. O'n raund to'liq davom etgan Eliminator maqomidagi jang yakunida hakamlar g'ayri tabiiy ravishda g'alabani Oskarga taqdim etishdi.
Uchchala hakam ushbu jangda Duarte 98-92, 97-93, 96-94 hisobida g'alaba qozonganini etirof etdi. Lekin elon qilingan statistik malumotlar jangda Ahmedov mag'lubiyatga loyiq emasligini ko'rsatmoqda. Bokschimizning aniq zarbalari raqibiga qaraganda sezilarli darajada ko'proq bo'lgan 480 ga 375!
Qizig'i, hakamlardan biri 10 ta raunddan bor yo'g'i 2 tasini hamyurtimizga bergan. Jang yakunlanganidan keyin amerikalik taniqli bokschi Gabriel Rosado Ahmedov hakamlar qarori qurboni bo'lganini aytdi. Jang tashkilotchisi afsonaviy Oskar De La Xoyya ham shu fikrda ekanini bayon qildi va zudlik bilan revansh jangi o'tkazilishi urg'uladi.
Fikrlar