03 noy 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling Dillashouni jarohati sabab tanqid qildi
UFC chempioni amerikalik Aljameyn Sterling hamyurti va sobiq raqibi Ti Jey Dillashouni tanqid qildi.
Eslatib o'tamiz, Dillashou mashg'ulot vaqtida elkasi chiqib ketgan va shu sababli u bir qo'li bilan Sterlingga qarshi kurashishga majbur bo'lgan.
"U bu jangga rozi bo'ldi va jangda oson bo'lishi uchun mashg'ulotlardan o'tdi. Uning elkasi zarbadan himoyalanganda va hujum qilganida bo'g'imdan chiqib ketardi. Balki u bilan birga mashg'ulot o'tkazgan yigitlar uni boplab tazirini bergandir. Ammo, ular men emas, Merab Dvalishvili ham shu jumladan. SHuning uchun u mendan osonlikcha o'tib keta oladi deb o'ylagani uning hech narsani ko'rmaganidan dalolat", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar