15 fev 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling doping haqida: Xabib "toza"
Amerikalik aralash yakkakurashlari ustasi, engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aljemeyn Sterling ushbu vazndagi sobiq chempion, rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovning doping istemol qilganligi ehtimoli haqida gapirdi.
"O'ylashimcha, Xabib "toza" edi. SHaxsan mening fikrimcha, u qoidalarga amal qilgan", — deb yozgan Sterling tvitter sahifasida.
Avvalroq, Sterling doping testi ijobiy natija bergan rossiyalik 15 yoshli figurali uchuvchi Kamila Valieva bilan yuzaga kelgan shov-shuvli vaziyatga to'xtalib o'tgandi. Sterlingning so'zlariga ko'ra, uning bo'lajak raqibi rossiyalik Pyotr Yan ham taqiqlangan moddalarni istemol qilgan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar