08 apr 07:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Sterling jamoasi Yanning tahdidiga "otvet" qildi
Aljemeyn Sterlingning sekundantlari El Yakvinta va Merab Dvalishvili Pyotr Yanning tahdidiga javob qaytarishdi.
Avvalroq, Yan Sterling va uning jamoasini mehmonxonada uchratib qolsa, kaltaklashini aytgandi.
"U hech narsa qila olmaydi. Jang yakshanba kuni tashkillashtiriladi, negadir unda havotir bordek tuyulyapti. U jamoalarni bir chetga surib qo'yishi kerak. Petr tarafdan yomon fikr bor. Sterling yakshanba kuni o'z ishini qiladi. Omad!", - deya Yakvintaning so'zlarini keltiradi MMA Junkie.
"U katta xato qildi. Sterling unga buni isbotlaydi va mag'lub etadi. Avval unga jang qilishga ruxsat beramiz, keyin esa u va jamoasiga g'amxo'rlik ko'rsatamiz", - deya qo'shimcha qildi Dvalishvili.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar