27 sen 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Sterling qo'rqoqqa o'xshab qochib qoldi". Yan UFCdan o'ziga yangi raqib topib berishni so'radi
Rossiyalik UFC jangchisi Petr Yan Aljemeyn Sterling bilan jang bekor qilinganiga o'z munosabatini bildirdi.
"Sterling bilan bog'liq vaziyat deyarli barchaga malum. Alji qo'rqoqqa o'xshab qochib qolganini barcha bildi. SHuni aytishni istardimki, o'tirib Sterlingni kutishni xohlamayman. UFCga murojaat qilaman: 30 oktyabr kuni Abu-Dabida jang qilishim kerak. Menga raqib topib bering. Top-5, top-7 yoki top-10 - kamar uchun jang qilishga loyiq bo'lgan har qanday jangchi. Men buni uddalay olaman", - deb yozdi Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar