02 apr 17:29
Yangiliklar
Sterling: "Yan bilan birinchi jangda hakam va shifokor meni qutqarib qolishgandi"
"Meni qutqarib qolgan hakam va shifokordan minnatdorman. Agar ular yana besh daqiqa berishganida, kurashni davom ettirgan bo'lardim. Ular jangni to'xtatdilar va buning uchun minnatdorman. O'sha jangda tahdid ostida edim. Ko'p zarba o'tkazgandim. SHundan so'ng, taqiqlangan zarba qabul qildim.
Jangda oro'yim bir pul bo'ldi. Odamlar xohlaganini aytishi mumkin. Lekin, taslim bo'lmadim. Hakam meni o'zimdan qutqardi. Buni unutmayman", - deya Sterlingning so'zlarini keltiradi MiddleEasy.
Hozirda Yan va Sterling 10 aprel kuni UFC 273 turnirida bo'ib o'tadigan revansh jangiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yan UFC 259 turnirida Sterling bilan jang qilgan va uning boshiga tizzasi bilan taqiqlangan zarba bergandi.
Fikrlar