29 sen 13:30
Yangiliklar

Sterling Yan bilan jangdan nega olingani haqida gapirdi
"Kelinglar, vaziyatni tushuntiraman. Gap mening bo'ynim haqida ketmoqda. Men his qilgan eng yoqimli tuyg'u - bu tongda og'riqsiz uyg'onish. Men mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishlamoqchi edim. Ammo, tezda charchash va og'riqlar haliyam saqlanib qolmoqda.
SHifokorning so'zlariga ko'ra, bu asab tolalarim hali to'liq tiklanishga ulgurmayotgani bilan bog'liq. Bu holatda men o'z sog'liqimni xavf ostiga qo'ymoqchi emasman.
Boshida men dekabrda jang qilishni rejalashtirgandim. Ammo, tezroq jang o'tkazib bularni barchasi tugashini xohlagandim. Afsuski, tanam bunga rozi bo'lmayapti.
Men har doim keragidan oldinroq qaytishga harakat qildim. To'liq tiklanib olaman va undan so'ng hech qanday bahonalar bo'lmaydi", - dedi Sterling.
Eslatib o'tamiz Aljameyn Sterling va Petr Yan o'rtasidagi revansh 30 oktyabr kuni o'tkazilishi lozim edi.
Fikrlar