08 apr 13:23
Yangiliklar
Sterling Yanning doping qabul qilmaganligiga shubha bildirdi
"Nima uchun biz haligacha Yanning ijobiy test topshirganini yangiliklarda ko'rmadik. Bundan tashqari, Ti Jey Dillashou ham ijobiy test topshirgan. Lekin USADA Ti Jeyni hech qachon jazolamagan, Nyu-York shtati atletika qo'mitasi uni jazolagan.
Menda shubha bor. Balki, u tozadir, balki yo'q. Birinchi jangda shaxsiy sabablar bilan ishtirok etmagani — buning nimani anglatishini bilmayman. Boshqa hech kim janglardan bu tarzda olib tashlanmaydi. Men tarafda shubha juda ko'p.
Odamlar USADA testini doim aldab topshiradi. Bu tizim mukammal emasligidan dalolat beradi. Men hech qachon ijobiy test topshirmaganman — ehtimol, u men haqimda shunday o'ylar, bilmadim. Bu o'yinning bir qismi, sen aniq bilmasliging mumkin, raqibing halol o'ynashiga umid qila olmaysan", - dedi Sterling.
Fikrlar