05 dek 10:52
Yangiliklar
Futbol

Sterlingning uyiga qurollangan bosqinchilar o'g'rilikka kirdi. U terma bazasini tark etdi
Rahim Sterling ko'ngilsiz hodisa tufayli Britaniyaga qaytishga majbur bo'ldi.
Bu haqda Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt xabar qildi.
“Sterling joriy mundialda yana o'ynaydimi yoki yo'q, buni bilmayman. Unga oilasi bilan hammasi joyidaligini bilishi uchun vaqt kerak va Rahimga hech qanday bosim o'tkazmoqchi emasman. Bazida futboldan ham muhimroq narsalar bor, oila birinchi o'rinda turishi kerak. Hozirda uning uchun eng asosiysi oilasi yonida bo'lishdir. Uni qo'llab-quvvatlaymiz va qancha kerak bo'lsa, shuncha vaqt beramiz. Ha, u uyga qaytmoqda”, degan Sautgeyt.
Sterling Qatarda bo'lgan vaqtda Londondagi uyiga qurolli bosqinchilar kirib, qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan.
Havola :
Fikrlar