09 iyu 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Stipe Miochich uchun UFCning rejasi elon qilindi
Derrik Lyuis va Siril Gan o'rtasidagi UFC'ning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kurash, Dana Uayt tomonidan zudlik bilan kamar olish imkoniyati vada qilingan Stip Miochichning rejalariga tasir qilmaydi.
"Endi Derrik Lyuis va Siril Gan o'rtasidagi jang mantiqan to'g'ri keladi va bundan tashqari, Stip endi yosh emas va unga Ngannu bilan bo'lgan bunday jangdan keyin tiklanish uchun vaqt kerak, shuning uchun bizda ideal scenariy bor", - deya tashkilot rahbarining so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
"Bizda Frensisni mag'lub etgan Lyuis va eng umidli mag'lubiyatsiz jangchilardan biri bo'lgan Siril Gan bor. Ular vaqtinchalik kamar uchun kurashadi va g'olib Frensis bilan to'qnash keladi, keyin Stip chempion bilan jang qiladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar