29 jan 12:29
Yangiliklar
Stol tennisi
Stol tennischilarimiz jamoaviy Jahon chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi
Stol tennisi tarixining yuz yillik ananalarini o'zida mujassam etgan nufuzli musobaqa - ITTF Jamoaviy Jahon chempionati final bosqichi start arafasida.
London mezbonlik qiladigan ushbu bahslarda dunyoning eng kuchli terma jamoalari g'oliblik uchun kurash olib boradilar.
Vatanimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimiz o'z guruhlarini bilib olishdi:
Ayollar terma jamoasi: 11-guruh (Avstraliya, Nigeriya, O'zbekiston, Uels).
Erkaklar terma jamoasi: 4-guruh (Braziliya, Vengriya, Puerto-Riko, O'zbekiston).


Havola :
Manba : t.me/uzstoltennis
Fikrlar