28 avg 17:09
Yangiliklar
Stol tennisi
Stol tennisi bo'yicha terma jamoamizning Osiyo o'yinlari uchun tarkibi elon qilindi
XX Osiyo o'yinlari - Aichi–Nagoya 2026 doirasidagi stol tennisi bahslari 20–28-sentyabr kunlari Yaponiyaning Aichi prefekturasidagi Toyota shahrida joylashgan Sky Hall TOYOTA majmuasida bo'lib o'tadi.
Osiyo qitasining eng nufuzli sport musobaqalaridan biri bo'lgan Osiyo o'yinlarida stol tennisining 7 ta yo'nalishi bo'yicha bahslar o'tkaziladi:
Erkaklar jamoaviy bahslari
Ayollar jamoaviy bahslari
Erkaklar yakkalik bahslari
Ayollar yakkalik bahslari
Erkaklar juftlik bahslari
Ayollar juftlik bahslari
Aralash juftlik.

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston stol tennisi terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tarkib quyidagicha:
AYOLLAR JAMOASI
Kamalova Arujan
Hasanova Adelina
Erkebaeva Asel.
ERKAKLAR JAMOASI
Iskandarov SHoxruh
Dilshodov Diyorbek
Axmedov Xurshidbek
Havola :
Manba : uzttnews
Fikrlar