So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

18 iyu 08:58
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi rahbari Jizzaxga bordi

Olimpiya sport turlari oilasiga mansub stol tennisi jizzaxlik yoshlarning sevimli turiga aylanmoqda

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan ijtimoiy, manaviy-marifiy, jismoniy tarbiya va sport sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus belgilab berilgan edi. Ushbu tashabbusda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun imkoniyatlar yaratish belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimizning barcha hududida keng imkoniyatlar yaratmoqda. Buning samarasida esa yurtimizda Olimpiya o'yinlari dasturidan joy olgan sport turlarini aholi o'rtasida yanada ommalashtirishga ulkan etibor qaratilmoqda.

Darhaqiqat, qaratilayotgan etibor natijasida chekka-chekka qishloqlarda ham sportning Olimpiya turlari, jumladan stol tennisiga yoshlar o'zgacha mehr qo'ymoqda.

Stol tennisini o'smirlar va yoshlar o'rtasida yanada ommalashtirish uchun, hududda stol tennisi bo'yicha to'garaklarning sonini ko'paytirish va aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

– Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, viloyatda stol tennisi bo'yicha umumtalim maktablarida mazkur sport turi bo'yicha to'garaklar ochish, bolalarning shug'ullanishlari uchun kerakli sport jihozlari bilan taminlash va tajribali mutaxassislarni to'garaklarga jalb qilishdir, – deydi S.Mahmudova. – Hozirgi kunda Jizzaxda stol tennisi jadal ommalashmoqda va ikki mingga yaqin yoshlar ushbu sport turi bilan muntazam shug'ullanmoqda. Tashrifim davomida viloyatdagi sport uslubchilari, murabbiylar va to'garak rahbarlari hamda aholi vakillari bilan mavjud muammolar haqida suhbatlashdik va ularni bartaraf etdik.

SHuningdek, S.Mahmudova Jizzaxda 16 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tayotgan mamlakat chempionati g'olib va sovrindorlari bilan uchrashdi hamda ularni taqdirladi.

Viloyatdagi umumtalim maktablari o'quvchilarining yozgi tatil vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari va stol tennisi to'garaklariga ularni ommaviy jalb etish maqsadida federaciya tomonidan o'quv-amaliy seminar hamda taniqli sportchilar ishtirokida mahorat saboqlari o'tkazdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing