So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

01 mar 06:58
Yangiliklar

Boks/MMA

"Stranja" turnirining navbatdagi kuni oltita yo'qotish

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha kichik jahon chempionatiga qiyoslanuvchi ananaviy "Stranja" turniri davom etmoqda.

Musobaqaning navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun biroz omadsiz keldi. Ikki bokschimizning o'zaro jang qilganini inobatga olsak, besh nafar charm qo'lqop ustamiz raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. -48 kg vazn toifasida kechgan bahsda Sabina Boboqulova Farzona Fozilovadan ustun keldi. 

Feruza Kazakova va Nigina O'ktamova irlandiyalik raqibalarini taslim etishdi. Navbahor Hamidova angliyalik Sacha Xikkeyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Aziza Zokirova amerikalik Naomi Grahamdan ustun keldi. Og'ir vaznli bokschimiz Oltinoy Sotimboeva murosasiz kechgan jangda qozog'istonlik Dina Islambekovani 3:2 hisobida engdi. 

Jarohati sabab Asilbek Jalilov qozog'istonlik Daniyal Sabitga qarshi jang o'tkaza olmadi. O'zbek-qozoq bokschilari qarama-qarshiligidagi yana bir jang o'tkazilmadi. -70 kg vazndagi vakilimiz SHavkatjon Boltaev jarohati sababli qozog'istonlik Farux Toxtassunovga qarshi ringga chiqmadi. SHifokorlarimiz Boltaevga yarim finalda ringga ko'tarilishi uchun ruxsat berishmadi.

 

Bokschilarimizning kechagi kun natijalari:

-48 kg: Sabina Boboqulova - Farzona Fozilova 5:0, Sabina keyingi bosqichda

-51 kg: Feruza Kazakova - Kaitlin Frers (Irlandiya) 5:0

-57 kg: Nigina O'ktamova - Niam Fay (Irlandiya) 4:1

-65 kg: Navbahor Hamidova - Sacha Hikkey (Angliya) 5:0

-75 kg: Aziza Zokirova - Naomi Graham (AQSH) 4:1

-80 kg: Ruxshona Parpieva - Yaren Duztas (Turkiya) 0:5

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Dina Islambekova (Qozog'iston) 3:2

-50 kg: Asilbek Jalilov - Daniyal Sabit (Qozog'iston) bokschimiz uchun texnik mag'lubiyat

-70 kg: SHavkatjon Boltaev - Farux Toxtassunov (Qozog'iston) bokschimiz uchun texnik mag'lubiyat

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Gabriele Guidi (Italiya) 5:0

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Danilo Jasan (Ukraina) 4:1

-85 kg: Norbek Abdullaev - Matvi Rajba (Ukraina) 2:3

-80 kg: Javohir Ummataliev - Jamal Kuliev (Ukraina) 3:2

-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Josep Avinongya (AQSH) 5:0

+90 kg: Ozodbek Aliev - Yordan Morejon (Bolgariya) 3:2

-90 kg: Samir Sobirov - Bogdan Tolmachov (Ukraina) 2:3

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing