07 noy 14:02
Yangiliklar
Futbol
Suares "Nasonal" bilan xayrlashdi
Hujumchi Luis Suares Montevideoning "Nasonal" klubidan ketdi.
35 yoshli urugvaylik futbolchi bor etiborini Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishga qaratadi va keyin yangi klub izlaydi.
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Suares allaqachon "Nasonal" bilan xayrlashgan va tez orada yana erkin agentga aylanadi.
Montevideo jamoasiga kelib qo'shilganidan so'ng mashhur hujumchi 16 ta o'yinda qatnashib, 8ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar