31 okt 12:05
Yangiliklar
Tennis
Sultonov ilk bosqichdayoq o'zidan qariyb 230 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazdi
Xabar berganimizdek, Tunisning Monastir shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqa doirasida mamlakatimizning birinchi raketkasi, turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Humoyun Sultonov 1/16 finalda kortga chiqdi.
Unga franciyalik Gueymard Vaynburg raqiblik qildi. Sakson daqiqa davom etgan bahsda Vaynburg 7/5, 6/3 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 232, Vaynburg esa 478-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar