07 mar 09:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Sultonov reytingda o'zidan deyarli 200 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazdi
Greciyaning Krit orolidagi Xersonisos vodiysida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumidagi ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
			Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ikkinchi davradayoq o'z yurishini to'xtatdi. 26 yoshli hamyurtimiz britaniyalik Rayan Penistonga deyarli qarshilik ko'rsata olmadi. Sakson ikki daqiqa davom etgan bahsda 29 yoshli Rayan 6/4, 6/2 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 218, Peniston 406-o'rinni egallab turibdi. Yurtdoshimiz Xersonisos "CHellenjer"ida ikkinchi raqam ostida saralangan edi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar