23 apr 11:30
Yangiliklar

Sultonov Rim "CHellenjer"ida birinchi raketkaga qarshi uch setlik uchrashuv o'tkazdi
Mukofot jamg'armasi 54 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekistonning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra, ilk davradayoq turnirning birinchi raketkasi, litvalik Vilius Gaubasga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda istedodli Gaubas o'zidan 6 yoshga katta Sultonovni 3/6, 6/4, 6/2 hisobida mag'lub etib, 1/8 finalga yo'l oldi. Vilius 5 ta eys zarbani amalga oshirgan bir pallada, Humoyunda bu ko'rsatkich "nol"ni tashkil etdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Malumot uchun, 26 yoshli Humoyun Sultonov ATP reytingida ayni damda 224-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 20 yashar Gaubas 149-o'rinda qayd etilgan. Endi tennischimiz bor etiborini musobaqaning juftlik bahslaridagi ishtirokiga qaratadi.
Fikrlar