24 fev 09:07
Yangiliklar

Sultonovni 1/2 finalda mag'lub etgan tennischi Punada chempion bo'ldi
CHexiyalik tennischi so'nggi bor 2021 yilda bu toifadagi turnirda chempion bo'lgandi. Svrchina hal qiluvchi final bahsida dunyoning 153-raketkasi amerikalik Brendon Xoltni 7/6(3), 6/1 hisobida mag'lub etdi.To'qson bir daqiqa davom etgan final bahsida ikkala tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham chex tomonida bo'ldi - 4 ga 2.
Bu Svrchina uchun faoliyatidagi ikkinchi "CHellenjer" sovrini bo'ldi. U Punadagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 100 reyting ochkosi hamda 22,730 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. U bugun reytingida Top-200`ga qaytadi. Xolt esa 50 ochko va 13,350 dollarga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Dalibor turnirning 1/2 finalida mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonovni mag'lubiyatga uchratgandi. Aniqrog'i, hamyurtimiz hal qiluvchi uchinchi setning to'rtinchi geymidan keyin jarohat sabab bahsni davom ettira olmagandi.
Fikrlar