19 may 18:34
Yangiliklar
Tennis

Sultonovning "Rolan Garros"dagi uchrashuvi 55 daqiqagina davom etdi
Bugun kunning ikkinchi yarmida Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi to'rtta nufuzli turnirdan biri - "Rolan Garros" musobaqasining saralash bahslari boshlandi.
Xabar berganimizdek, French Open 2025 turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham o'z omadini sinab ko'rishi kerak edi. Biroz avval tennischimiz ishtirokidagi uchrashuv yakuniga etdi.
Qura natijasiga ko'ra, Sultonov ilk davrada ispaniyalik tajribali tennischi Albert Ramos-Vinolasga qarshi kortga chiqdi. Bor yo'g'i 55 daqiqa davom etgan bahsda 37 yoshli Albert Ramos Humoyunni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/1.
Taqqoslash uchun, Humoyun ayni paytda ATP reytingida 224, o'z vaqtida dunyoning 17-raketkasi bo'lgan Ramos esa 248-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikkala tennischi ham bugun 3 tadan eys zarbasini ijro etishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar