18 iyu 19:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Superog'ir vazn sobiq chempioni shu oy ringga chiqadi, raqib ham malum
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jozef Parker 29 iyun kuni ringga ko'tariladi.
Yangi Zelandiya bokschisi yaqinda DAZN striming servisi bilan shartnoma imzolagan edi va 29 iyun kungi jang u uchun debyut bo'ladi. Parker samoalik 39 yoshli Aleks Liepaiga qarshi ringga chiqadi.
Malumot uchun, Parker o'tgan oyda Eddi Xirnga tegishli Matchroom Boxing USA promouterlik kompaniyasi bilan uchta jangga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan edi. Xirnning aytishicha, Jozef aslida 29 iyun kuni amerikalik Erik Molinaga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Lekin raqib jamoa muzokarani suniy ravishda cho'zgani uchun Parkerga boshqa bokschi tanlandi.
Havola :
Fikrlar