30 noy 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Superog'ir vazn toifasida Lazizbek Mullajonov O'zbekistonda tengsiz deb topildi
Surxondaryoda boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi.
+91kg vazn toifasida hal qiluvchi jangda Farg'ona viloyati vakili Lazizbek Mullajonov hamda xorazmlik Mirzobek Hasanovlar to'qnash kelishdi.
Murosasiz kechgan jangda Lazizbek Mullajonovning qo'li baland keldi va u O'zbekiston chempionatining oltin medali sohibiga aylandi. "Uzbek Tigers"dagi jangi orqali aksariyat muxlislarimizga tanish bo'lgan Mirzobek Hasanov esa mamlakat chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi.
Takidlab o'tish lozimki, Lazizbek shu yil bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Sobiq futbolchi, boks bo'yicha Osiyo chempioni bo'lgan sportchi bilan intervyu
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar