01 fev 22:37
Yangiliklar

Superog'ir vazn toifasida O'zbekiston chempioni prof ringdagi faoliyatini nokautli g'alaba bilan boshladi
Avvalroq, ushbu jang oqshomida ikki nafar hamyurtimiz - SHukurjon Rahimov va Odiljon Aslonov ringga ko'tarilib, g'alaba qozonganliklari haqida xabar qilgandik.
Hozirgina superog'ir vazn toifasida 2019 yilgi O'zbekiston chempioni Ulug'bek Mubinov prof boksdagi ilk jangini o'tkazdi. Mazkur bahsda hamyurtimizga bosniyalik Srdan Goverdarica raqiblik qildi.
6 raundga mo'ljallangan jang 3-raundda yakunlandi. Ulug'bekning raqib boshiga bergan zarbasidan so'ng raqib jangni davom ettira olmadi va hakamlar texnik nokaut qayd etishdi.
Malumot uchun, Goverdarica shu kungacha prof boksda 15 ta jang o'tkazib, 7 ta jangda g'alaba qozongandi (6 ta nokaut). 8 ta jangda mag'lub bo'lgan (5 ta nokaut). Bugun u professional ringdagi 9-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar