01 mar 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni raqibini nokautga uchratdi
Xabar berganimizdek, AQSHning Texas shtati Frisko shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri superog'ir vazn toifasida o'tkazildi va unda sobiq jahon chempioni Jozef Parker amerikalik SHondell Uintersga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang favoriti hisoblangan Parker beshinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi. SHondell uchinchi raundda nokdaun holatiga ham tushib qolgandi. Beshinchi raunddagi kuchli zarbadan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar