17 fev 16:29
Yangiliklar
Superog'ir vazndagi bokschimiz nokaut evaziga yutqazdi
Ushbu boks oqshomi doirasida hamyurtimiz superog'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Axror Muralimov ham ringga ko'tarildi. 30 yoshli charm qo'lqop ustamizning raqibi Brayant Jennings bo'ldi.
Amerikalik 33 yoshli bu bokschi jahon chempionlik kamariga sobiq davogar hisoblanadi. Jangning uchinchi raundida Brayant Muralimovni kuchli zarba evaziga texnik nokautga uchratdi. Bunga qadar Axror 5 marotaba nokdaun holatiga ham tushib qolgandi.
Malumot uchun, Axror Muralimov professional boksdagi faoliyati davomida 20ta jang o'tkazib, ularning 16tasida g'alabaga erishgan. O'n uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Mag'lubiyatlari soni 4ta. Jennings esa 24ta jang o'tkazib, 20ta g'alaba va 2ta mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar