So’nggi yangiliklar

16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0

11 apr 13:41
Yangiliklar

Futbol

"Surxon Arena" stadioni yangitdan ochildi (FOTO)

Teglar :  Surxon
“Surxon Arena” stadioni keng ko'lamli modernizaciyadan so'ng qayta ochildi.

Uning rekonstrukciyasi 2023 yildan 2025 yilgacha bosh homiy – Eriell Group ko'magida amalga oshirilgan.

10 599 nafar tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy futbol stadioni Termiz shahrining markazida joylashgan.

Endilikda “Surxon” PFK muxlislari jonajon stadionida o'zlarining sevimli jamoalari o'yinidan bahramand bo'lishlari mumkin.

Ushbu futbol jamoasi 1968 yilda tashkil etilgan bo'lib, O'zbekiston Superligasida Termiz shahri sharafini himoya qiladi. Bugungi kunda “Surxon”da mahalliy iqtidorli sportchilar va yangi o'yinchilar o'ynamoqda.

Bir necha mavsumni boshqa shaharlarda o'tkazgan “Surxon” o'zining tubdan yangilangan qadrdon stadioniga qaytmoqda.



Endilikda “Surxon Arena” zamonaviy infratuzilma, yaxshilangan tribunalar, tabiiy chim to'shalgan stadionning sifatli yashil qoplamasiga ega. O'yinlar FIFA standartlariga mos keladigan zamonaviy yoritkichlarda yoritib boriladi. Sport majmuasining barcha ichki xonalari imkoniyatlari ham sezilarli darajada yaxshilandi.

Yangilangan Surxon Arena O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan yuqori baholandi. Uning vakillari stadionning yuqori darajada tayyorlanganini, infratuzilmaning talablarga to'liq javob berishini takidlab, “Surxon” klubining yuqori salohiyatiga ishonch bildirdilar. Mutaxassislarning fikricha, stadionni qayta tiklash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar turli futbol jamoalarini, birinchi navbatda, asosiy jamoani keng rivojlantirish imkonini beradi. Termizda ayollar va yoshlar futbolini yuqori darajada shakllantirish uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan.


Termiz shahrida Surxondaryo yoshlari orasidan yorqin futbolchilarni tarbiyalash, ko'proq bolalar va yoshlarni sportga jalb etish, ularda sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun yanada ko'proq imkoniyatlar paydo bo'ldi.


Malumot uchun, Superliganing joriy mavsumida “Surxon” futbol jamoasi o'z maydonida quyidagi o'yinlarni o'tkazadi:

• 6-tur: Surxon – Navbahor

• 8-tur: Surxon – Paxtakor

• 10-tur: Surxon – So'g'diyona

SHuningdek, Surxon Arenada “Dinamo” va “Lochin” jamoalariga qarshi O'zbekiston kubogi o'yinlari ham bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing