25 may 13:17
Yangiliklar

Surxon polvoni Hikmatulloh To'raevni tabriklaymiz!
Hikmatilloh To'raev 1995 yilning 25 may kuni polvonlar yurti - Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Murabbiyi Bekzod To'raboev qo'l ostida aytishga arzigulik muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.
To'raev shu kungacha Gran-pri va "Katta Dubulg'a" kabi nufuzli turnirlarda g'olib va sovrindor bo'lgan. SHu yili Franciyada o'tkazilgan Parij "Katta Dubulg'a" turnirida bronza medalini qo'lga kiritgan. Ayni paytda Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi pog'onalarda turibdi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar va dzyudochilar Hikmatulloh To'raevni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etadi. Dzyudochimizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik hamda faoliyatida g'alabalar hamrohligini tilaymiz.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar