17 iyu 11:53
Yangiliklar
Suvonova uchta kumush, Marufbekov bitta bronza medalini qo'lga kiritdi
Unda qatnashgan 2 nafar vakilimiz jamoamiz hisobiga 4 ta medalni qo'shib qo'yishdi. Iqtidorli qizlarimizdan Nigora Suvonova -76 kg vazn toifasida oltin medal uchun murosasiz raqobat olib bordi. Yakunda hamyurtimiz faqatgina misrlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, barcha yo'nalishlarda kumush medallar bilan taqdirlandi.
SHuningdek, yigitlarimizdan Abrorbek Marufbekov -96 kg vazn toifasida bellashdi. Abrorbek kuchli raqobatda 133 kg natija bilan dast ko'tarish mashqida bronza medaliga sazovor bo'ldi. Afsuski, u ikki kurashda uchinchi o'rin egasiga atigi 1 kg imkoniyatni boy berib, to'rtinchi o'rinda musobaqani yakunladi.
O'smirlar o'rtasidagi JCH. Qizlar, -76 kg
1. Rahma Elsayed (Misr) – 215 (95+120) kg;
2. Nigora Suvonova (O'zbekiston) – 210 (91+119) kg;
3. Stefani Espinoza (Meksika) – 200 (90+110) kg.
O'smirlar o'rtasida JCH. Yigitlar, -96 kg
1. Gervasi Tabagari (Gruziya) – 317 (140+177) kg;
2. Saparli Muhiev (Turkmaniston) – 300 (133+167) kg;
3. Pablo Medina (Meksika) – 300 (131+169) kg;
4. Abrorbek Marufbekov (O'zbekiston) – 299 (133+166) kg.
Fikrlar