11 noy 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Svitolina va Klichko Usikka muxlislik qilishdi FOTO
Ukraina sporti yulduzlari Elina Svitolina va Vladimir Klichko hamyurtlari Aleksandr Usikni kechagi jangda qo'llab-quvvatlashdi.
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarlarini britaniyalik Toni Bellyudan himoya qildi. U sakkizinchi raundda mezbon bokschini nokautga uchratdi.
Vatandoshlarini qo'llab-quvvatlagan dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolina hamda superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko ijtimoiy tarmoqlarga birgalikda tushgan suratlarini joylashtirishdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar