30 okt 15:56
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Najmiddin Qosimxojiev Jahon chempioni!
Xitoyda taekvondo bo'yicha Jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
O'zbekiston terma jamoasi azosi Najmiddin Qosimxojiev (-74 kg) taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz final bahsida Braziliya vakili Edival Pontes bilan to'qnash keldi. SHiddatli ruhda kechgan bahsda Qosimxojiev 2:0 hisobida g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, Najmiddin faoliyatida ilk marotaba Jahon chempionati oltin medaliga ega chiqdi. Terma jamoamiz esa Usi-2025 Jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga etkazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar