28 iyu 15:19
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo terma jamoamiz “Kim Un Yong Cup” xalqaro turnirini umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunladi
Bugun Koreya Respublikasining Seul shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G1 toifasidagi "Kim Un Yong Cup" xalqaro musobaqasi o'tkazildi.
Turnirda milliy terma jamoamiz azolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza, jami 12 ta medalga ega chiqdi.
Oltin:
Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg)
Jasurbek Jaysunov (-80 kg)
Ozoda Sobirjonova (-67 kg).
Kumush:
Asadbek Samandarov (-58 kg)
Yodgorbek Jo'raboev (-80 kg).
Bronza:
Nazarali Nazarov (-63 kg)
Ayubxon Nabiev (-68 kg)
Laylo Xasanova (-53 kg)
Madina Mirabzalova (-57 kg)
SHabbona Abduvalieva (-57 kg)
Mohidil O'ktamjonova (-62 kg)
Iroda Mirtojieva (+73 kg).
SHa tariqa, vakillarimiz musobaqani umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunladi. Birinchi o'rin mezbon Koreya Respublikasiga nasib qilgan bo'lsa, uchinchi pog'ona Avstraliya vakillariniki bo'ldi.
Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar