05 may 16:02
Yangiliklar

Taekvondochilarimiz xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi
Mashg'ulotlarda Olimpiya o'yinlarining g'olib va sovrindorlaridan tortib, yosh taekvondochilargacha ishtirok etib, tajriba to'plashmoqda. Yig'inda terma jamoamizning jami 35 nafar vakili qatnashayotgan bo'lsa, Xitoydan 19 nafar, Braziliyadan 9 nafar taekvondo ustalari tashrif buyurishgan.
Qayd etish joiz, o'quv-mashg'ulot yig'inida Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori, o'zbekistonlik Svetlana Osipova, Braziliya terma jamoasi vakili, Parijdagi Olimpiya o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan Edival Markes hamda Jahon chempionati, qitaviy musobaqalarning g'olib-sovrindorlari qatnashmoqda.
Xalqaro yig'in 16-may sanasiga qadar davom etadi. Braziliya termasi 11 may, Xitoy jamoasi esa 13 mayga qadar poytaxtimizda bo'ladi.
Fikrlar