So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

29 jan 16:55
Yangiliklar

Futbol

Tailand termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston juda kuchli himoyaga ega jamoa. O'yinga 100% tayyormiz"

Teglar :  Tailand
Osiyo kubogi 1/8 finali doirasidagi O'zbekiston - Tailand o'rtasidagi uchrashuvidan oldin tailandliklar bosh murabbiyi Masatada Ishi va futbolchi Elias Dola matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi va futbolchi Elias Dolaning O'zbekistonga qarshi o'yindan oldingi fikrlari qanday?

Masatada Ishi: - Musobaqadan oldin asosiy vazifamiz pley-off yo'llanmasi edi. Keyingi bosqichga chiqish vazifasini bajardik. Endi oldinda yangi sinov bor. Ertangi o'yinga 100% tayyormiz.

Elias Dola: - Uchrashuvga to'liq tayyormiz, deb ayta olaman. Barcha jarohatlangan o'yinchilar safga qaytishdi. O'zbekistonga qarshi sinovga shaymiz.

- Janob murabbiy, Saudiya Arabistoni bilan o'yindan keyin O'zbekiston haqida gapirishga erta deb aytib o'tdingiz. Hozir esa raqib haqida gapiradigan payt keldi. O'zbekiston terma jamoasining kuchli jihatlari aynan nimada? Raqibni analiz qildingizmi?

Masatada Ishi: - Albatta, O'zbekiston juda kuchli himoyaga ega jamoa. Ularga bo'sh zonalar qoldirish juda xavfli. Biz bu narsaga yo'l qo'ya olmaymiz.

- Savolim o'yinchiga, bu turnirda birorta gol o'tkazmadingiz. Biroq, pley-off bosqichidagi raqiblar boshqa darajada. O'zbekistonga qarshi o'yinda qanday harakat qilmoqchisiz?

Elias Dola:  Ertangi o'yinda qilishimiz kerak bo'lgan asosiy ish - gol o'tkazmaslik. Murabbiyimiz qanday o'ynash kerakligini aniq belgilab berdi. O'yindan oldin ishonchimiz yuqori. O'zbekistonga qarshi rejamiz aniq. Maqsadimiz keyingi bosqichga yo'l olish.

- Savolim futbolchiga. Guruh bosqichi o'yinlari nisbatan oson edi. Bu safargi raqib - O'zbekiston terma jamoasi. Bu o'yin oldingilaridan qanchalik qiyin bo'lishi mumkin?

Elias Dola: Guruhdagi raqiblarning barchasi FIFA reytingida bizdan yuqorida edi. Yakunda guruhdan chiqa oldik. O'zbekiston ham reytingda bizdan ancha balandda joylashgan. Bizni xursand qiladigan narsa shuki, butun tarkibimiz o'yinga tayyor. Biz bu o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olishimizga ishonaman.

- Janob murabbiy, ertaga tajribali himoyachi Theraton Bunmatan safga qaytadi. Uning maydonga tushishi jamoaga qanchalik yordam beradi?

Masatada Ishi: - Albatta, Bunmatanning tarkibda bo'lishi juda katta foyda beradi. Tailandda u kabi tajribali o'yinchilar sanoqli. U jamoadagi eng muhim o'yinchilardan biri. Umuman olganda, bu musobaqada bir butun bo'lib harakat qilyapmiz.

- Janob murabbiy, guruh bosqichida gol o'tkazmadik, ammo uchta o'yinda ikkita gol urganimizni ham unutmaslik kerak. Bu ikki gol ham birinchi o'yinda urildi. O'zbekistonga qarshi o'yindan oldin biror o'zgarishni amalga oshirmoqchimisiz?

Masatada Ishi: - Guruh bosqichi o'yinlarida darvozabon va himoya chizig'imiz ajoyib harakat qildi. Biroq, hozir nimchorak finaldamiz. Daraja umuman boshqa. O'zbekistonga qarshi o'yinda guruhdagi o'yinlarga qaraganda boshqacha harakat qilamiz.

- Savolim futbolchiga, bosh murabbiy musobaqadagi eng asosiy vazifani bajardik deb aytdi. Asosiy maqsadga erishilgach, jamoani qaysi yo'l bilan ruhlantirish mumkin?

Elias Dola: - O'zimdan kelib chiqsam, men o'zimni osonlik bilan ruhlantira olaman. Doha kabi ajoyib shaharda uzoqroq qolmoqchiman. Maqsadimiz aniq. Fikrimcha, tarkibdagi barcha o'yinchi men kabi fikrlasa kerak. Murabbiy bizga, biz murabbiyga to'liq ishonamiz. Qatarda ko'proq o'yin o'tkazishni niyat qilganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing