So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

15 iyu 14:04
Yangiliklar

Kurash

Tailandda kurash bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi

Teglar :  TailandKurash
Tailand qirolligining Pattaya shahri Tinch okeani sohillarida joylashgan dunyo sayyohlarining eng sevimli maskanlaridan biridir.

Yiliga o'rtacha 5 milliondan oshiq turist keladigan mazkur shaharni qadimiy tay xalqi shamol nomiga qo'ygan ekan. 

Osiyo–Okeaniya kurash konfederaciyasi taqvim rejasiga asosan joriy yil 17-21 iyun kunlari mazkur shaharda kurash bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan yangi Osiyo chempionlari nomini aniqlanadi. 

CHempionatda qitamizning 20 ga yaqin mamlakatidan 200 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Tailand Qirolligi sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, Tailand Kurash federaciyasi va Pattaya shahri meriyasi Osiyo chempionatiga yuqori darajada tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. 

Osiyo–Okeaniya kurash konfederaciyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha,  qita birinchiligi doirasida 18 iyun kuni Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasining navbatdagi Kongress yig'ilishi ham bo'lib o'tadi. Unda konfederaciyasiga Laos, Bangladesh, Qirg'iziston milliy federaciyalari azolikka qabul qilinishi kutilmoqda. 

So'nggi yillarda Tailand Qirolligida o'zbek kurash sporti faol darajada rivoj topmoqda.  Tailand milliy federaciyasi 2008-yilda tashkil etilgan. Mamlakat rahbariyatining bevosita qo'llab-quvatlashi samarasida bugungi kunda qirollikning barcha hududlaridagi talim muassasalarida kurash sporti bo'yicha o'quv yo'nalishlari tashkil etilgan.  2013-yildan boshlab Tailanddagi eng nufuzli sport tadbiri — “Universitet talabalari o'yinlari” tarkibidan kurash rasmiy sport turi sifatida o'rin egallagan. 

SHuningdek,  Tailand kurash bo'yicha Osiyo va jahon miqyosidagi qator yirik turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Xususan, Pattayada 2016-yildan buyon har yili "Pattaya open" xalqaro turniri o'tkazilmoqda. 

2014-yil Tailand mezbonligida o'tgan Osiyo sohil o'yinlarida kurash sporti ushbu nufuzli musobaqa dasturidan rasmiy tarzda o'rin egallagan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing