05 apr 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Tailandda nufuzli boks bo'yicha turniri boshlandi: kechagi natijalar
Kecha Tayland poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha nufuzli "Qirol kubogi" turniri start oldi.
Kechagi kungi janglarda uch nafar sportchimiz janglarda ishtirok etdilar.
Jasurbek Latipov ilk jangini nepallik Prem CHaudkariga qarshi o'tkazdi va g'alaba qozondi.
SHahram G'iyosov esa mog'ulistonlik Byamba Tushimbatga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Isroil Madrimov esa mezbon bokschi Yutxapong Skadonni mag'lubiyatga uchratdi.
Demak, musobaqaning dastlabki kuni vakillarimiz uchun omadli keldi.
Hasanboy Do'smatov, SHahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov kabi bokschilarimiz turnirdagi ishtiroklarini ikkinchi bosqichdan boshlashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar