08 apr 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Tailanddagi "Qirol Kubogi"da qatnashgan barcha bokschilarimiz medal qo'lga kiritishdi!
Bugun Tailandda boks bo'yicha nufuzli "Qirol Kubogi-2017" turniri yakunlandi.
Ushbu turnir sportchilarimiz uchun omadli keldi deyish mumkin.
Musobaqada ishtirok etgan 7 nafar sportchimizning barchasi medal sohibiga aylanishdi.
Tailanddagi turnir yakunlariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi hisobida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bor.
Ulardan Isroil Madrimov oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Hasanboy Do'smatov, SHahram G'iyosov, Elnur Abduraimovlar kumush medal sohibiga aylandilar. SHahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliev va Jasurbek Latipovlar esa bronza medali bilan kifoyalandilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar