17 avg 12:25
Yangiliklar
Og'ir atletika, Tokio-2020
Talaxadze Gruziyaga ilk oltinni taqdim etdi, bizning Jangabaev 6-o'rinda!
Rio Olimpiadasining og'ir atletika musobaqasida so'nggi vazn toifasi vakillari ham o'z ishtiroklarini yakunlashdi.
105 kilogrammdan og'ir vazndagi polvonlar bahsida ikki hamyurtimiz Rustam Jangabaev va Sardor Do'smurodovlar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Ulardan eng yaxshi natijani Jangabaev qayd etdi. Hamyurtimiz ikki kurash natijalariga ko'ra umumiy 432 kg natija bilan 6-o'rinni egalladi.
Ushbu vazn toifasida gruziyalik atlet Lasha Talaxadze Olimpiada chempioni bo'ldi. U ikki kurashda 473 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi. Bu Gruziya terma jamoasining Rio Olimpiadasidagi ilk oltin medali bo'ldi. Talaxadze amaldagi jahon chempioni xisoblanadi. Lasha bu natijasi bilan jahon va Olimpiada rekordlarini ham yangiladi.
Havola :
Fikrlar