20 apr 08:17
Yangiliklar
Og'ir atletika
Tamash Ayanning istefosi rasman qabul qilindi
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Ijroiya qo'mitasi tashkilot rahbari Tamash Ayanning istefosini rasman qabul qildi.
Bu haqida IWF rasmiy sayti xabar bermoqda.
IWF sobiq rahbari Tamash Ayan korrupciya va doping bilan bog'liq ishlarda noqonuniy harakatlarda ayblangandan so'ng o'z lavozimini tark etgandi. Vaqtincha IWF prezidenti etib Ursula Papandrea tayinlangan.
«IWF Tamash Ayanga 40 yildan ortiq vaqt davomidagi hamkorlik uchun tashakkur bildiradi. Ayniqsa so'nggi yillardagi katta ko'lamdagi ishlar, Xalqaro olimpiya qo'mitasi va Xalqaro antidoping agentligi standartlariga mos antidoping dasturi ishlashini taminlash yo'lida qilgan sayi-harakatlaridan minnatdormiz«, – dedi Ursula Papandrea.
Malum bo'yishicha, xalqaro federaciya prezidentligi uchun saylov pandemiya yakuniga etgach o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar