So’nggi yangiliklar

19:31Ар-Риёд-2025. Ислом бирдамлик ўйинлари тақвими эълон қилинди 0 19:10Шорт-трекчиларимиз Жаҳон турининг иккинчи босқичидаги иштирокларини якунлашди 0 18:49Алонсо: "Реал" Мбаппега боғланиб қолганми? Мен бундай демаган бўлардим" 0 18:25Академик эшкак эшиш бўйича Осиё чемпионатини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунладик 0 18:01Қиличбоз Муса Аймуратов Istanbul Satellite турнирида бронза медалини қўлга киритди 0 17:39"Иккинчи босқични якунладим". Махачев машғулот жараёнидан суратларни кўрсатди (ФОТО) 0 17:16Даҳшат! Ҳоланд мавсум бошидан бери АПЛдаги 11 та жамоадан кўпроқ гол урди 0 16:51"Мераб — даҳшат". Сэндхаген Двалишвили ва Ян реванши ҳақида фикр билдирди 0 16:25Сучжоу Челленжери: Ҳумоюн Султонов бир кунда иккита ўйин ўтказиб, мусобақа асосий даврасига йўл олди 0 16:01Мужибилло Турсуновнинг WBC Гран-приси финалидаги рақиби ким бўлиши маълум 0 15:39"Реал" собиқ футболчиси инсултни бошдан ўтказди 0 15:17Том Аспиналл: "UFC чемпиони сифатида фаол бўлишни ва тез-тез октагонга чиқишни хоҳлайман" 0 14:55Таэквондо терма жамоамизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 14:32Бокс бўйича жорий йилги Ўзбекистон чемпионати қачон ва қаерда ўтказилиши эълон қилинди 0 14:11Бруну Фернандеш ТОП-5 га кириб олди 0

02 dek 15:05
Yangiliklar

Velosport

Tanzila Narbaeva velosportni yanada rivojlantirish bo'yicha muhim yo'nalishlarni belgilab berdi

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva boshchiligida velosportni rivojlantirish bo'yicha Respublika kengashining ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Videokonferencaloqa tarzida o'tgan mazkur yig'ilishda velosportni rivojlantirish bo'yicha Respublika kengashi azolari, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari, shuningdek, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

Unda mamlakatimiz Prezidentining 2021 yil 24 sentyabrdagi «Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori ijrosi, xususan, velosport turlarini aholi o'rtasida ommaviyligini oshirish, Milliy terma jamoa azolarini Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, Osiyo va jahon chempionatlari hamda boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishi, yuqori natijalarga erishishini taminlash kabi bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi T.Narbaeva jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida paravelosport turlarini ommaviyligini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda saralash bo'yicha federaciya va Milliy paralimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda tizimli ishlar yo'lga qo'yilganini takidlab, yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalangan yoshlarimiz xalqaro musobaqalarda o'z iqtidorlarini ko'rsatib, 2022 yili Dushanbe shahrida bo'lib o'tgan Paraosiyo chempionatida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallaganini alohida qayd etib o'tdi.

Umuman, 2022 yilda terma jamoa azolari nufuzli xalqaro musobaqalarda 50 ta medalni qo'lga kiritdi. Konya-2021 Islom birdamligi o'yinlarida esa medallar soni bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. SHuningdek, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) ning Osiyo qitasi reytingida “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi 1-o'rinni (dunyo reytingida 20-o'rin), “Tashkent City Professional Cycling Team” jamoasi esa qitada 3-o'rinni (dunyo reytingida 40-o'rin) egalladi.

Prezidentimizning 30 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, talim, sog'liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risidagi farmoniga muvofiq, velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Olga Zabelinskaya «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Velosport rivoji uchun hududlarda tegishli infratuzilmani rivojlantirish ishlari ham olib borilmoqda. Jumladan, Jizzax shahridagi Sangzor ko'li hududida dunyo andozalariga javob beradigan BMX sport majmuasi barpo etildi va unga UCI tomonidan sertifikat topshirildi.

2022 yilda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani tog' hududida xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda velosportning ekstremal turi bo'yicha UCI talablariga javob beradigan 5.5 km masofadagi birinchi trassa barpo etildi.

Buxoro, Qarshi, Navoiy va Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida velosport turlari bo'yicha bo'limlar tashkil etildi.

SHu bilan birga, yig'ilishda mamlakat federaciyasining viloyat bo'linmalari faoliyati, ularning moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish mavzusiga ham alohida to'xtalib o'tildi. Xususan, hududiy bo'linmalar uchun har yili 40 donadan velosiped ajratish, shuningdek, sportchilarning mashg'ulotdagi harakat xavfsizligini taminlash maqsadida 2 tadan «Damas» rusumli avtotransport ajratish ishlari Andijon va Buxoro viloyatlarida etibordan chetda qolib ketgan.

Yig'ilishda sport talimi muassasalarini velosport turlari bo'yicha davlat va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ekipirovkalar bilan taminlash masalasi, O'zbekiston velosport federaciyasi huzuridagi O'zbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O'z navbatida, velosport turlarini hududlarda rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, istiqboldagi rejalar, shu jumladan, ushbu sport turlariga yoshlarni keng jalb qilish, ularni saralab olish (selekciya) professional sportchilar sifatida tayyorlash vazifalari belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing