So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

07 avg 16:24
Yangiliklar

Og'ir atletika

Muhammad Jaludga O'zbekiston Respublikasining "Faxriy fuqarosi" maqomi berildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Jalud hamda Osiyo og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Yusef Al Manani qabul qildi.

Uchrashuvda Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ham ishtirok etdi. Suhbat davomida O'zbekistonda og'ir atletikani rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar muhokama qilindi.

So'nggi yillarda mazkur sport turi bilan shug'ullanuvchilar soni izchil ortib, o'zbekistonlik sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani sohadagi islohotlarning amaliy samarasi ekani takidlandi.

Xalqaro og'ir atletika federaciyasining sportni global miqyosda rivojlantirish, halol raqobat tamoyillarini mustahkamlash, dopingga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish hamda gender tenglikni taminlash borasidagi faoliyati yuqori baholandi.

SHuningdek, Xalqaro va Osiyo og'ir atletika federaciyalarining O'zbekiston bilan yo'lga qo'ygan samarali hamkorligi, mamlakatimizda og'ir atletikani rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishga qo'shayotgan hissasi alohida etirof etildi.

Muloqot chog'ida shu yilning 7-14 avgust kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining hamda Osiyo og'ir atletika federaciyasi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishining ahamiyatiga alohida etibor qaratildi.

Ushbu nufuzli tadbirlar sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, yoshlarni sportga jalb etish, tajriba almashish va O'zbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing