So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

07 iyu 10:43
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Dzyudo

Tarixda ilk bor MDH o'yinlari o'tkaziladi

Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida I Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'yinlarini o'tkazish masalalariga bag'ishlangan videokonferenciya o'tkazildi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda vazirlikning boshqarma boshliqlari qatnashdi.

Hozirda butun dunyoda koronavirus pandemiyasi sababli sport o'yinlarini o'tkazishda muammolar tug'ilmoqda. Rossiya Federaciyasidagi mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyat tufayli ayni paytda ilk marotaba tashkil etilayotgan sport o'yinlarini 2020 yil 4 sentyabrdan 11 sentyabrgacha o'tkazish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda. Videokonferenciyada sport o'yinlarini o'tkazish tartibi, xavfsizlik choralari, tibbiy yordam ko'rsatish masalalari muhokama etildi.

Takidlash joiz, I Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'yinlarida sportning 22 turi bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi. Boks, sohil voleyboli, stol tennisi, badiiy gimnastika, suv polosi shular jumlasidan. Sportchilar bellashuvlarda 284 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.

Musobaqalarda 14 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar ishtirok etadi. Hozircha sport o'yinlarida MDHga azo 7 mamlakatdan ming nafardan ziyod delegatlar qatnashishi kutilmoqda. Barcha delegaciya azolarini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni onlayn tarzda akkreditaciya tizimida amalga oshiriladi.

O'yinlar Qozon shahrining 14ta sport inshootida bo'lib o'tadi.

Sport o'yinlari davomida “Sportchilar qishlog'i”da ishtirokchilar uchun tibbiy markaz tashkil etilib, sport inshootlaridagi doping nazorat punktlari ochiladi. SHuningdek, bepul tibbiy yordam xizmatlari yo'lga qo'yish rejalashtirildi.

Yurtimizda joriy yilning 1 avgustiga qadar karantin qoidalari joriy etilgani bois mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda sportchilarimizning musobaqada ishtirok etishlari buyicha yakuniy qarorni Respublika maxsus komissiyasi qabul qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing