08 fev 11:08
Yangiliklar
Futbol
Tarixda uchinchi marotaba Osiyo jamoasi klublar o'rtasidagi JCH finaliga chiqdi
Marokashda klublar o'rtasidagi 19-jahon chempionati davom etmoqda.
Dastlabki yarim finalda “Al Hilol” 3:2 hisobida “Flamengo”dan ustun kelib, musobaqaning hal qiluvchi bahsiga yo'l oldi. Tarixda uchinchi marotaba Osiyo klubi mundial finaliga chiqdi. Avvalroq, bunday natijaga “Al Ayn” (2018) hamda “Kashima Antlers” (2016) erishgan. BAA klubi “Real”ga 2:4 hisobida, yaponiyaliklar esa qo'shimcha bo'limlarda madridliklarga 2:4 hisobida mag'lub bo'lishgan.
Eslatib o'tamiz, “Al Hilol”ning finaldagi raqibi “Real” yoki “Al Ahli” bo'ladi. Ular o'rtasidagi uchrashuv bugun, 8 fevral kuni 23:59 da start oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar