18 sen 10:26
Yangiliklar
SHaxmat, Paralimpiya
Tarixiy muvaffaqiyat: O'zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada ilk bor bronza medallarini qo'lga kiritdi!
Samarqand shahrida bo'lib o'tgan 3-shaxmat paralimpiadasida dunyoning 36 ta davlatidan 41 ta jamoa va 164 nafar etakchi shaxmatchilar ishtirok etdi.
Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 3 ta tarkib munosib himoya qildi.
Hal qiluvchi 7-turda O'zbekiston-1 jamoasi Isroil ustidan 2.5 : 1.5 hisobida yorqin g'alabani qo'lga kiritdi!
Musobaqa yakuniga ko'ra, Polsha 1-o'rin, Kuba 2-o'rinni egallagan bo'lsa, terma jamoamiz 11 ochko jamg'arib, faxrli 3-o'rin va bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Bu — o'zbek parashaxmati tarixida Olimpiadada qo'lga kiritilgan ilk bronza medalidir!
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar