So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

21 may 17:04
Yangiliklar

Kurash

Tavallud ayyom muborak, Bekbergan og'a!

Bilasiz, har sohaning jonkuyar fidoyilari bo'ladi, sportda, xususan belbog'li kurashda ham.

Bugun sizga tanishtirmoqchi bo'lgan sport fidoyisi, belbog'li kurashning jonkuyar murabbiyi xorazmlik Bekbergan Boltaev bo'ladi. Milliy sport turimiz sanalagan belbog'li kurash Xorazm vohasida, qolaversa, mamlakatimizning barcha hududlarida keng ommalashishida Bekbergan og'aning ham hissasi bor, desak yangilish qilmagan bo'lamiz.

Yuqorida takidlaganimizdek aynan B. Boltaev va shu kabi fidoyi murabbiylar jonbozligi sabab, belbog'li kurash sport turi Xorazm viloyatning Gurlan, Qo'shko'pir, SHovot, Urganch, Yangibozor kabi bir qator tumanlarida keng ommalashgan va hozirda ming nafarga yaqin o'g'il-qizlarning sevimli sport turiga aylanganiga guvoh bo'lish mumkin.

Xorazmda yildan yilga belbog'li kurash bilan shug'ullanuvchilar soni ortib, ularning musobaqalardagi natijalari ham tahsinga sazovor bo'lmoqda. Bu haqida "Xalq talimi alochisi", "Jismoniy tarbiya va sport alochisi", xalqaro toifadagi hakam, viloyat belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori va bosh murabbiyi Bekbergan Boltaevning o'zi shunday deydi. 

- Tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladigan belbog'li kurashga  viloyatda  qiziqish yuqori. Ota-bobolarimizdan meros bo'lgan milliy sport turimiz bilan bugun oshno bo'lgan shogirdlarimiz  mashg'ulotlarga zo'r berib, o'tkazilayotgan milliy va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelishmoqda. Birgina 2019 yildagi natijalarni sarihisob qiladigan bo'lsak, sportchilarimiz O'zbekiston chempionatlarida o'nta oltin, sakkizta kumush, o'n ikkita bronza medallariga ega bo'lishdi. 8-10 avgust kunlari Olmaliq shahrida o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida Nusrat Yuldoshev ikkinchi o'rin, Sevinchoy O'razboeva, Mashhura Qo'zieva, Mohinur Rahmonovalar uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. O'sha yili 31 oktyabr – 5 noyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida Begoyim Rahimboeva ikkinchi o'rinni egallab kumush, Ullijon Davletova uchinchi o'rinni egallab, bronza medali sohibalari bo'lishdi. 27-29 noyabr kunlari Qozog'istonning Nur-Sulton shahri mezbonlik qilgan 1999-2001 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham yangibozorlik shogirdlarimizdan SHoira Qalandarova uchinchi o'rinni band etib, bronza medalini o'zini qilgan bo'lsa, Munisa Rahimova kuchli beshlikda etirof etildi. Mamnuniyat bilan aytishim mumkin, hozirgacha 4 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 15 nafar sport ustalari, 100 nafardan ortiq sport ustaligiga nomzodlar tayyorladim. Albatta, shu o'rinda belbog'ni kurashni viloyatimizda rivojlanishida, polvonlarimizning xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlashda yaqindan ko'makchi va homiylik qilib kelayotgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasiga, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasiga, viloyat transport boshqarmasiga va boshqa masullarga minnatdorchiligimizni bildiramiz. O'tgan yili pandemiya sharoiti bo'lishiga qaramasdan onlayn tarzda bo'lsa ham mashg'ulotlar davom etdi, musobaqalarga ro'xsat berilgach esa, har bir mamlakat chempionatida medallarsiz qaytmadik. Joriy yilda ham o'ylaymanki,  natijalarimiz bundan-da yuqori bo'ladi. Sababi, bizda buning uchun shart-sharoitlar ham, imkoniyatlar ham etarlicha.

Darvoqe, hamisha quvnoq, shirin suz, doim "og'a janlimisiz, salomat bo'g'aysiz" deya gap boshlaydigan fidoyi murabbiy Bekbergan Boltaevning bugun tavallud ayyomi. B. Boltaev 1973 yil 21 may kuni Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug'ilgan.

Demak, Bekbergan og'amizni O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi nomidan, tahririyatimiz nomidan tug'ilgan kuni bilan qutlaymiz!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing