24 noy 18:18
Yangiliklar
![](/upload/storage/49184_220.jpg)
"Tayson 184 kg vaznga ega bo'lgan vaqtida qoyaga o'xshardi"
“Tayson 184 kilogramm vaznga ega bo'lgan chog'ida menga ummon tubida yotgan ulkan qoya toshni eslatardi. Unga qarab turib, boshqa hech qachon yuqoriga ko'tarila olmasa kerak, deb o'ylardim. Lekin u o'zida turishga kuch topa oldi.
Tayson qaytganidan keyin ikkita jang o'tkazdi. Ha, raqiblar u darajada kuchli emasdi. Endi u chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Agar ukam 2015 yilgi salohiyatining 40 foizini ham ishlata olsa, u holda ishonchim komil u Uaylderni mag'lub etadi”, - dedi Tommi Mirror nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o'rtasidagi chempionlik jangi 1 dekabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahridagi “Steypls-Centr” arenasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar