03 avg 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/2212_220.jpg)
Tayson Fyuri Britaniya Antidoping agentligini sudga berdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Super) va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik 27 yoshli Tayson Fyuri Britaniya Antidoping agentligini (UKAD) sudga berdi.
Joriy yilning 24 iyun kuni UKAD tomonidan Fyurining doping-testdan o'ta olmagani, uning qon tarkibida taqiqlangan nandrolon moddasi aniqlangani elon qilingandi.
Aslida esa doping-tahlil bokschidan 2015 yilning fevral oyida olingan edi. Bu esa Vladimir Klichko bilan o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazilgan jangga hech qanday aloqasi yo'q.
Hozircha UKAD voqeylikka o'z munosabatini bildirmadi. Fyurining advokati bokschilarning ikkinchi jangiga qadar bu boradagi yakuniy qaror elon qilinishini aytmoqda. Fyuri – Klichko revansh jangi 29 oktyabr kuniga belgilangan.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar