03 okt 12:41
Yangiliklar

Tayson Fyuri: "Bu shou meniki!"
"Jangga 100% tayyormanmi? Ha, men million foiz tayyorman! Mening ko'rinishimga qarang. Jismoniy holatim ajoyib, buqadek baquvvatman. 12 raund sparring tushyapman. Mening sparring raqiblarim dunyodagi eng kuchlilari. Men mutlaq tayyorman. Bugun jangga tayyorman, ertaga ham tayyor bo'laman, umuman har doim shayman.
Men har doim jang qilishga tayyor bo'laman va o'zimni oqlashga hech qanday bahonalar qidirmayman. Aynan shu jihatim bilan boshqalardan ajralib turaman.
Deontey Uaylderni tamom qilganimdan so'ng, men keyingi raqib tomon harakatlanaman. Gap raqibda emas, ular nimalarni rejalashtirganiga tupurganman. Bu Tayson Fyurining shousi!", -deydi WBC chempioni.
Eslatib o'tamiz Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o'rtasidagi jang 9 oktyabr kuni o'tkaziladi.
Fikrlar