15 fev 14:14
Yangiliklar

Tayson Fyuri: "Joshua 15 mln dollar evaziga Usik bilan revansh o'tkazmaslikka rozi bo'ldi"
Joshua Usikning Fyuri bilan uchrashishi uchun chetga chiqib turishga rozi bo'ldi. Buning uchun u 15 mln dollar so'ragan. Keyinroq bu summa Joshuani qoniqtirmagan va ko'prog'ini xohlagan. Bu haqda Tayson Fyuri TalkSport'ga bergan intervyusida malum qildi.
"Joshua chetga chiqish va Usik bilan tezkor revansh jangidan voz kechish uchun 15 million dollar olishga rozi bo'ldi. Va keyin u ochko'z, qo'rqoq bo'lgani uchun yana 5 million dollar so'radi. U Usikni mag'lub eta olmasligini biladi. Men bilan kurashishga jurati etgan taqdirda ham eng katta pulni ololmasdi.
Vaqt o'tyapti, ammo bu o'rtamiyona jangchi yana bir bor Usikka qarshi ringga chiqishidan darak yo'q. Joshua jang qilishni xohlamaydi, chunki u nokautga uchraydi. Bu esa uning uchun ko'p narsa tugaganini anglatadi", - dedi Fyuri.
Fikrlar