05 okt 14:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: "Manchester men va Ronaldu uchun juda kichiklik qiladi"
Og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Krishtianu Ronalduning MYUga qaytishi haqida gapirdi.
"Men Ronalduning qaytganidan rostdan ham xursandman. Ammo, Manchester shahri men va Ronaldu uchun juda kichiklik qiladi. Agar men Manchesterda yashaganimda bu katta muammoga aylangan bo'lardi. Mening uyimdan u erga bir soatlik yo'l.
Men har doim "Old Trafford"da jang qilishni orzu qilaman. Bu stadiondagi oxirgi jang 1993 yilda o'tkazilgan", -deydi Tayson Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri 9 oktyabr kuni Deontey Uaylderga qarshi uchinchi marta jang qiladi.
Havola :
Manba : BBC Sport
Fikrlar